Bundan bir necha oy avval BMW rusumli sport avtomobili va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l harakati hodisasi natijasida koma holatida yotgan, keyin komadan chiqqan qiz 27-iyul kuni olamdan o‘tdi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.
2014-yil 27-aprel kuni Toshkent shahri Shayxontohur va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida BMW 630 va Cobalt avtomobillari to‘qnashib ketgan. Katta tezlikda kelayotgan sport avtomobili Cobalt’ga borib urilgan. Cobalt avtomobilida haydovchidan tashqari, yo‘lovchi qiz ham bo‘lgan. Jarohatlanganlar og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yetkazilgan.
Cobalt haydovchisi avariyadan to‘qqiz kun o‘tib, komadan chiqmay, halok bo‘lgan. Yo‘lovchi qiz esa 27-iyul kuni vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, u bundan uch hafta avval komadan chiqqan, biroq hech nima demagan.
Shunday qilib, to‘qnashuv natijasida ikki kishi halok bo‘lgan.
BMW haydovchisining holati, unga jazo qo‘llanilgan yo qo‘llanilmagani haqida ma’lumot yo‘q. Bundan tashqari, YTHda kim aybdorligi ham aytilmagan.
Izoh (0)