29-iyul kuni bug‘doy narxi to‘rt yil avvalgi eng past ko‘rsatkichni yangiladi, deya xabar berdi “Segodnya”.
Chikagoda bug‘doy uchun sentabr fyuchersi 2,76 foizga arzonladi va bir bushel uchun 522,4 dollar darajasida yopildi. Yil boshidan buyon narxlar 27 foizga, 2010-yil yoziga nisbatan esa 1,8 marta tushib ketdi.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, bunga AQShdagi hosilning yaxshi darajada ekani va dunyo talabi bilan bog‘liq vaziyatning tinch ekani sabab bo‘lmoqda. “Yaqin orada bug‘doy narxi ko‘tarilmaydi”, — dedi ular.
Izoh (0)