Microsoft-Nokia kompaniyasi ishchi nomi Lumia Superman bo‘lgan “selfi telefoni”ni ishlab chiqarmoqchi va bu smartfon avgustda taqdim etilishi kutilmoqda.
Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashrining xabar berishicha, Microsoft’ning vitse-prezidenti Stiven Elop kompaniyaning ichki majlisida Lumia Superman smartfonini namoyish qilgan va uni “selfi telefoni” deb atagan. “Selfi telefoni”iga 4,7 dyuymli displey va 5 megapikselli old kamera o‘rnatiladi.
Shuningdek, Elop yana bir smartfonni namoyish etgan. Uning ishchi nomi Lumia Tesla bo‘lib, dizayni Lumia 930 smartfoniga o‘xshaydi. Biroq u ingichkaroq va kichikroq bo‘ladi.
Izoh (0)