iWatch 2014-yilning 4-choragida ishlab chiqarilishi mumkin. Bu esa Apple aqlli soati 2015-yildan sotilishi mumkinligini anglatadi, deb yozadi Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri.
Bu xabar Tayvandagi TPK kompaniyasida bo‘lib o‘tgan konferensiyada e’lon qilingan. TPK iPhone va iPad’lar uchun sensor qurilmalarini yetkazib beruvchi asosiy kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Shuningdek, TPK kumush nano-simlardan aqlli soat uchun o‘ta mos bo‘lgan juda kichik va egiluvchan sensor qismlarini yasay oladigan kam sonli kompaniyalardan biri.
TPK kompaniyasi haqidagi ma’lumotlarni hisobga oladigan bo‘lsak, iWatch to‘g‘risidagi yangi mish-mish ishonchli tuyulmoqda.
Siz nima deb o‘ylaysiz?
Izoh (0)