O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini yillik 10 foiz darajada saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda uning axborot xizmatida xabar berildi.
Ushbu qaror Monetar siyosatning 2014-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda inflyatsiyaning amaldagi va kutilayotgan darajasini hisobga olgan holda qabul qilindi.
Izoh (0)