Toshkentning “Lokomotiv” klubi Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida o‘zining so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Abramov shogirdlari Turkiya Superligasi vakili bilan 2:2 hisobida durang natija qayd etdi. Bu haqda Stadion.uz xabar berdi.
O‘yinning 18 va 48-daqiqalarida urilgan gollar evaziga turklar 2:0 hisobida oldinga o‘tib oldi. 65 va 83-daqiqalarda esa Ibrohim Rahimov tomonidan kiritilgan ikkita gol “temiryo‘lchilar”ga durangni taqdim etdi. Rahimovning gollariga Geynrix va Jasur Hasanov assistentlik qildi.
“Lokomotiv” — “Trabzonspor”: 2:2
Gollar: Ibrohim Rahimov (65, 83) — O‘zer (18), Turgut (48)
Izoh (0)