IDC tadqiqot firmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilning ikkinchi choragida planshetlar sotuvi 11 foizga oshgan va butun dunyo bo‘ylab sotuv hajmi 49,3 million donaga yetgan. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Planshet sotish bo‘yicha yetakchilikni Apple egallab turibdi — kompaniya ikkinchi chorakda 13,3 million dona iPad sotgan.
Apple’dan keyingi o‘rinni esa Samsung kompaniyasi band etgan. Planshetlar sotuvining 17,2 foizi Samsung hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, uchinchi o‘rinni 2,4 million dona planshet sotib, 4,9 foiz natija bilan Lenovo egallagan. Undan keyingi o‘rinlar esa 4,6 foiz bilan Asus va 2 foiz ko‘rsatkich bilan Acer kompaniyalariga tegishli.
Izoh (0)