Shotlandiyada bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik o‘yinlarida ishtirok etgan qizlarning selfisi qirolicha Yelizaveta II tufayli mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Xokkey bo‘yicha uchrashuvni o‘t ustida o‘tirib tomosha qilish uchun tashrif buyurgan qirolicha tasodifan Avstraliyadan kelgan Jeyd Teylor va Bruk Perisning selfisiga tushib qolgan. Kadrga o‘zi ham tushib qolganini sezgan qirolicha chetga qochishga urinmagan, aksincha, smartfon kamerasiga qarab, tabassum qilgan.
Teylor va Peris suratlarni Twitter’ga “Qirolicha bizning selfini fotobombaga aylantirdi!” degan izoh bilan joylashtirdi. Qisqa muddat ichida surat 4000 marta retvit qilindi.
Izoh (0)