Sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada taqdim etilishi kutilayotgan Samsung Galaxy Note 4 smartfoni Galaxy Note 3’ga nisbatan ingichkaroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Shuningdek, Janubiy Koreya nashri — ET News’ning xabar berishicha, smartfon metal korpus, botiq displey va 16 megapikselli kameraga ega bo‘ladi. Avvalroq Samsung kompaniyasining yangi flagmani — Galaxy S5 Prime smartfoni ham metal korpusga ega bo‘lishi xabar qilingan edi.
Biroq boshqa mish-mishlarga ko‘ra Galaxy Note 4 smartfoni plastik korpusga ega bo‘lishi ham mumkin.
Izoh (0)