Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning Estimeyt nomli poygachi oti organizmidan taqiqlangan morfiy narkotik moddasi topilgani uchun qirolicha 140 ming dollarlik jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Qirollikning bosh otboqari Jon Uorren morfiyning ot organizmiga yem-xashak bilan tushgan bo‘lishi mumkinligini aytib, ayni damda ozuqa yetkazib beradigan firma bilan narkotik moddaning qanday qilib ozuqa orasiga tushib qolganini aniqlash uchun bog‘lanayotganini ta’kidladi.
O‘tgan seshanba kuni beshta otning tanasida morfiy bo‘lgani, ularning orasida qirollik otxonasining yulduzi hisoblangan to‘rt yoshli Estimeytning ham borligi haqida xabar tarqaldi. Tahlil ishlari bir necha hafta avval London yaqinidagi Askot otchoparidan so‘ng boshlangan edi.
Poygalar bo‘yicha Britaniya boshqarmasi (PBB) mutaxassisi Estimeytning kelasi haftada o‘tkazilishi kutilayotgan poygalarda qatnashishini aytdi. “Barcha qirolichaning jarimaga tortilishini aytmoqda. Biroq ot diskvalifikatsiya qilinmaydi”, — dedi mutaxassis Jonatan Sammers.
Odatda, otlarga narkotik singari taqiqlangan kimyoviy moddalarni beruvchi otboqarlar ma’muriy va moliyaviy jazoga tortiladi. Ayrim hollarda otlar ham poygalardan diskvalifikatsiya qilinadi.
Izoh (0)