1996-yil 19-iyul kuni “O‘zDEUavto” O‘zbekiston — Janubiy Koreya qo‘shma korxonasining rasmiy ochilish marosimidan so‘ng mamlakatda avtomobil ishlab chiqarish sohasi rivojlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Hozirda yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “GM Uzbekistan”, “Sam Auto”, “JV MAN Auto — Uzbekistan”, “General Motors Powertrain Uzbekistan” kabi korxonalarda yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus mashinalar, dvigatellar, keng turdagi butlovchi qismlar ishlab chiqarilmoqda.
Agar 2000-yilda har 100 oilaga o‘rtacha 20 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 41,4 taga yetgan. Oilalarning 11 foizdan ortig‘i ikkitadan yengil avtomobilga ega.
Shu bilan birga, O‘zbekiston avtomobillari o‘ndan ortiq mamlakatga eksport qilinmoqda. Jumladan, xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston avtomobil sanoatining 250 dan ortiq dileri faoliyat ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)