Qirg‘izistonning poytaxti Bishkek shahrida istiqomat qiluvchi ishqiboz mundialning final bosqichida Argentinaning mag‘lub bo‘lganidan so‘ng o‘zini osib o‘ldirdi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlari axborotiga asoslanib, “Vecherniy Bishkek” xabar berdi.
14-iyul kuni “Kok-Jar” turar joy dahasidagi uylardan birida 1993-yilda tug‘ilgan yigitning murdasi topildi.
Taxminlarga ko‘ra, bishkeklik ishqiboz Argentina terma jamoasining Germaniyani mag‘lubiyatga uchratishiga ishonib, bukmekerlik idorasida mashinasini garovga qo‘ygan.
Uchrashuvda Germaniya g‘alaba qozongach, mag‘lubiyatga chiday olmay, o‘zini osib o‘ldirgan.
Hozirda bu ish huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
Izoh (0)