Shveysariyaning Norvatis nomli farmasevtika kompaniyasi Google X aqlli komtakt linzalarini real hayotga tadbiq etadi. Bu haqda Gizmodo xabar berdi.
Ikkala kompaniya xabar berishicha, Norvatis kompaniyasi Google loyihasi bo‘lgan aqlli kontakt linzalarining ishlab chiqarilishini litsenziyalamoqda.
Bunday aqlli kontakt linzalar diabet bilan og‘rigan kishilar uchun foydalidir. Ular diabetga chalingan kishining ko‘z yoshi tarkibini tekshiradi va uning mobil qurilmasiga natijalarni doimiy ravishda yuborib turadi. Shu bilan bemorlar o‘z holatlarini doimiy nazorat qilib turish imkoniga ega bo‘ladi.
Izoh (0)