AQSh va Xitoy olimlari qushlarning ajdodi dinozavr emasligini yura davri (mezolit erasining ikkinchi davri)ga oid kichik patli jonivorni tadqiq qilish orqali isbotladi. Bu haqda Journal of Ornithology jurnalida maqola chop etildi.
Ichki Mo‘g‘ulistondan topilgan Scansoriopteryx nomli patli jonzotning toshga aylangan qoldig‘ini o‘rganib chiqqan olimlar tomonidan uning skeletida dinozavrlarga xos jihat yo‘qligi aniqlandi.
Avvaliga natijalar jonivorning ajdodi selurozavr (dinozavrlarning eng ko‘p tarqalgan turi) ekanini, ikkinchi tahlil esa u timsohlarning daraxtda istiqomat qilgan ajdodi — arxozavrning avlodi ekanini ko‘rsatdi.
Scansoriopteryx’da qushlar tanasiga xos a’zolar: cho‘zilgan old oyoqlar, patlar, oy shaklidagi bilak suyaklari, novdada o‘tirishga moslashgan oyoqlar topildi.
Old va orqa oyoqlaridagi patlar qushning havoda daraxtdan-daraxtga uchib o‘tishiga yordam bergan. Parvoz uchar dinozavr-teropodlardek pastdan yuqoriga emas, arxozavrlardek yuqoridan pastga amalga oshgan.
Skansoriopteriksga xos jihatlarning tan olinishi qushlarning dinozavrlar avlodi emas, hayvonlarning alohida turi ekanligi masalasini ko‘taradi, — deyiladi nashr xabarida.
Izoh (0)