LG kompaniyasi tez orada yangi LG G3 S mini smartfonini taqdim etmoqchi. Bu haqda Mail.Ru xabar berdi.
Yangi mini flagman ikki sim kartali bo‘ladi. Evleaks e’lon qilgan suratda esa sim kartalarni almashtirish tugmasini ham ko‘rish mumkin.
Qurilmaning dizayni LG G3 smartfoni bilan o‘xshash bo‘ladi. Unga 5 dyuymli IPS displey, 1,2 GGers chastotaga ega Qualcomm Snapdragon 400 to‘rt yadroli protsessori, 2 Gb tezkor va 16 Gb doimiy xotira o‘rnatiladi.
Uning akkumulyatori 2450 mA·soatni tashkil etadi va narxi 400 dollar atrofida bo‘ladi.
Izoh (0)