O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovining oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi O‘zA.
Shu kunlarda mazkur tanlovning vazirlik va idoralar, jamoat birlashmalaridagi bosqichi o‘tkazilmoqda. Tanlov bosqichlarida oliy ta’lim muassasalarining 405 dan ortiq jamoasi tarkibida 12 mingdan ortiq talaba-yosh faol ishtirok etdi.
“‘Ziyo sadolari’ xor jamoasi tarkibida ‘Mustaqil Vatan’ qo‘shig‘ini tayyorlab keldik, – deydi Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti talabasi Nuriddin Haydarov. — Mazkur ijodiy bellashuv ona diyorimizga bo‘lgan mehru sadoqatimizni musiqa san’ati vositasida namoyon etish imkonini beradi”.
Tanlovda O‘zbekiston erishayotgan yutuqlarni tarannum etuvchi qo‘shiqlar yangradi.
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining “Guldasta” talabalar jamoasi “O‘ktam diyorim” qo‘shig‘i uchun, Qarshi davlat universitetining “Ziyo sadolari” talabalar jamoasi “Mustaqil Vatan” qo‘shig‘i uchun birinchi o‘ringa loyiq topildi. Ushbu jamoalar musiqa bayramining mamlakat bosqichida ishtirok etadi.
Izoh (0)