Rossiya va Xitoy harbiy ittifoq tuzish niyatida emas, biroq ular harbiy-texnik sohada faol hamkorlik olib bormoqda, deb xabar berdi “ITAR-TASS” Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari Sergey Ivanov bergan bayonotga asoslanib.
Sergey Ivanov uning o‘zi ham, xitoylik hamkorlar ham yangi harbiy ittifoq tuzishdan hech qanday foyda yo‘q, degan fikrda ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek, prezident ma’muriyati rahbari Shanxay hamkorlik tashkilotini harbiy tashkilotga aylantirish ham rejalashtirilmayotganini ta’kidladi.
Sergey Ivanov o‘z bayonotida Rossiya va Xitoyning o‘zaro milliy pul birliklarida hisob-kitob yo‘liga o‘tishi mumkinligi, biroq bu yaqin kelajakda amalga oshmasligi haqida fikr bildirdi.
Izoh (0)