MDH yagona havo hujumiga qarshi mudofaa (HHQM) zonasi doirasida Kavkaz va Markaziy Osiyo HHQM zonalarini yaratish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Rusplt’ga asoslanib, “Anhor” xabar berdi.
Rossiya Belorussiyaga C-300 zenit majmualarini bepulga berish haqidagi shartnomani imzolab bo‘ldi. Ushbu tizim MDH yagona havo hujumiga qarshi mudofaasi Sharqiy Yevropa zonasining asosiga aylanishi kutilmoqda.
2013-yil boshida Rossiya Qozog‘iston bilan shartnoma imzolab, C-300 zenit majmuasini bepul berish majburiyatini olgan. Yagona tizimga Armaniston, O‘zbekiston va Tojikiston ham qo‘shilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)