AQShning Texas shtati Hyuston shahrida olti kishini, jumladan to‘rt nafar bolani otib tashlagan qurollangan kishi o‘ldirilgan bolalarning otasi bo‘lib chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
O‘q tegib yaralangan, biroq tirik qolgan qizcha politsiyaga otasi uning ikki ukasi va ikki singlisini otib o‘ldirganini aytdi. Qolgan ikki kishi ularning qarindoshlari bo‘lgan.
Keyinroq jinoyatchi qo‘shni tumanda — bolalarning buvisini otib tashlash uchun ketayotganida qo‘lga olindi. Politsiyaning ikkita zirhli avtomobili yordamida uning mashinasi bolk qilindi, bir necha soatlik muzokaralardan so‘ng jinoyatchi ma’murlarga taslim bo‘ldi.
Izoh (0)