Iroqdagi isyonchilar mamlakat universitetlaridan birida ilmiy tadqiqotlarda ishlatiladigan yadroviy materiallarni o‘g‘irlab ketdi, deya xabar berdi Gazeta.ru Reuters ma’lumotiga tayanib.
Iroq hukumati BMTga murojaat qilib, o‘g‘irlab ketilgan yadro materiallarining mamlakat ichi va tashqarisida qo‘llanilishi xavfini bartaraf etishga ko‘maklashishni so‘radi.
Xabar berilishicha, Mosul universitetidan 40 kilogrammga yaqin uranli birikmalar olib ketilgan. BMTga yuborilgan maktubda “yadro materiallari ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin”ligi aytilgan.
Izoh (0)