1-iyul kuni O‘zbekiston va Shveysariya Bern shahrida daromad va kapitalga nisbatan ikki marta soliq solish oldini olish haqidagi bitimga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma imzoladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasiga tayanib, Gazeta.uz xabar berdi.
2013-yil 15-noyabr kuni ikki mamlakat tomonidan tasdiqlangan bayonnoma orqali kelishuvga yangi punkt kiritildi. Unga ko‘ra, tomonlardan birining talabi bilan davlatlar axborot almashishi mumkin bo‘ldi. Bayonnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Shveysariya uni ratifikatsiya qilishi zarur.
Bayonnoma Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan standartlarga asoslangan bo‘lib, qator talablarga javob beruvchi maxsus so‘rov berilishini ko‘zda tutadi.