O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organining xabar berishicha, Tojikistonning Xo‘jant shahridan O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlari orqali Rossiyaning Chelyabinsk shahriga tranzit bilan ketayotgan yuk poyezdida 91,5 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar topilgan.
Ukrainaning “Den” nashri xabar berishicha, hammasi bo‘lib, 91 ta plastik o‘ramlar borligi aniqlangan . Ulardan 41 tasida 41 kg geroin, qolganlarida esa 50,5 kg opiy moddalari topilgan.
“O‘ramlarning 30 donasi ustida qiymati bir somoniyga teng tojik pullari yopishtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Keltirilgan faktlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)