Kiyimingizda cho‘ntak bo‘lmasa, ammo siz telefoningiz yoki boshqa kalit kabi kichikroq buyumlarni o‘zingiz bilan olib yurishingizga to‘g‘ri kelsa, u holda ularni qayerga qo‘yasiz?
Bu savolga javob topish uchun bizga Mashable nashri taqdim etgan quyidagi 6 qurilma yordam beradi.
FilpBelt
Oyoqqa taqiladigan bu qurilmada telefon, kalit, pul, plastik kartochka kabi kichik buyumlarni saqlash mumkin. Uning 10 xil turi mavjud va 28,99 dollar evaziga sotib olish mumkin.Amphipod ArmPod SmartView
Smartfoningizni saqlash uchun qo‘lga taqiladigan qurilma. Unda shaffof qoplama o‘rnatilgani bois, undan smartfonni olmasdan ham ishlatish mumkin. Narxi 35$.FuelBelt Waistpack
Belga bog‘lanadigan sumka shaklidagi bu qurilmada kattaroq buyumlarni ham saqlash mumkin. Narxi 17,95$.Phillips Compression Sleeve
Bilakka taqiladigan va telefoningizni saqlash uchun yaratilgan qurilma. Uning havo o‘tkazuvchanligi ahamiyatga molik. Qurilmaning 4 xil o‘lchamdagi turi mavjud va 19,99 dollar evaziga harid qilish mumkin.The RooSport
Bu qurilmada telefon yoki plastik karta kabi mayda buyumlarni saqlash mumkin. Undagi magnit yordamida uni temirli joyga yopishtirib qo‘ysa ham bo‘ladi. Narxi 24,99$.SPI Messenger Bag
Ko‘proq va kattaroq buyumlarni saqlash uchun sumka. Unda smartfon va boshqa buyumlardan tashqari planshetni ham olib yursa bo‘ladi. Narxi 39,99$.Yuqoridagi qurilmalardan yoz mavsumida kam cho‘ntakli kiyim kiyilganda yoki dam olish paytida foydalanish mumkin. Sizga qaysi biri ma’qul keldi?
Izoh (0)