Barak Obama JCh — 2014 nimchorak finalining AQSh — Belgiya o‘rtasidagi uchrashuvini ishchi xodimlar bilan tomosha qildi, deya xabar beradi Sport.uz.
AQSh prezidenti ushbu o‘yinni tomosha qilish uchun barcha uchrashuv va yig‘ilishlarni to‘xtatdi. Obama o‘yinni Oq uyda, jurnalistlar bilan birga tomosha qildi va faol muxlislik qildi.
Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha vaqtda Belgiya AQSh ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
Izoh (0)