KXDR Janubiy Koreyadan ishchilarga mukofot puli o‘rniga Choco Pie biskvitlarini berishni to‘xtatishni talab qildi. Bunga sabab, sevimli shirinlikning qora bozorga tijorat uchun chiqib ketayotgani bo‘ldi, deya xabar qiladi The Independent.
Biskvitlar oddiy narsadek tuyulishiga qaramay, ular Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasidagi sanoat korxonasida ishlaydiganlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
2004-yilda shimoliy koreyaliklar mukofot puli o‘rniga Choco Pie olish sharti bilan chegarada joylashgan Keson sanoat zonasida ishlashi uchun ruxsat berilgan.
Ishchilar esa Choco Pie’larni iste’mol qilmay, Shimoliy Koreya poytaxtidagi qora bozorga o‘z narxidan bir necha barobar qimmatga sotib yuborgan.
2013-yilda Keson sanoat kompleksi bir necha oyga yopilib, Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi vaziyat keskin tus olgan vaqtda, Choco Pie’ning narxi 10—24 AQSh dollarini tashkil etgan va ushbu qiymat ishchilarning bir kunlik ish haqidan oshib ketgan.
Chosun Ilbo gazetasining yozishicha, Shimoliy Koreya amaldorlari korxonadan ishchilarga Choco Pie berilmaslikni talab qilgan. Shu sababli, ayni vaqtda Keson sanoat zonasida ishchilarga sosiska, kofe, shokolad va shunga o‘xshash narsalar berishga o‘tilgan.
Izoh (0)