Poytaxtdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida davom etayotgan sambo bo‘yicha kattalar, yoshlar, o‘smirlar va xotin-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘smirlar va qizlar bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Nufuzli musobaqaning o‘smirlar bahsida ishtirok etgan o‘zbekistonlik polvonlardan Bobur Alovuddinov, Ne’mat Yoqubov, Behruz Turdiyev o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni bo‘ldi. Qodir Ibrohimov va Hakim Ismoilov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Asrorbek Valijonov, Shuhrat Bafoyev, Jasur Norqulov, Muhammadnozim Shukurov, Doston Sharopov bronza medal bilan taqdirlandi.
Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Matluba Abdumutalova va Shahzoda Usmonova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Muxlisaxon Mo‘minova, Odina Chaqqonova, Mohlaroyim Abdurahmonova, Gulchiroy Tunibekova, Iqbol Akramova va Maftuna Madaminova ikkinchi o‘rinni egalladi. Shahzoda Valiyeva va Muhayyo Mo‘minova kuchli uchlikdan joy oldi.
Osiyo chempionati davom etmoqda.
Izoh (0)