Ravshan Ermatov Worldreferee.com sayti versiyasi bo‘yicha jahon chempionatidagi eng yaxshi arbitrlar uchligida egallagan o‘rnini saqlab qoldi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Worldreferee.com sayti muxbirlari Ermatovning Germaniya — AQSh o‘yinidagi hakamligini 6 ball bilan baholagan bo‘lsa, sayt foydalanuvchilari unga 8,8 ball qo‘yishdi.
Ayni paytda Ermatov 7,8 ball bilan mundial matchlarini boshqargan hakamlar ichida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 26-iyun kuni Ravshan Ermatov Germaniya va AQSh jamoalari o‘rtasidagi bahsga hakamlik qildi. Bu uning jahon chempionatlaridagi sakkizinchi matchi bo‘ldi.
Hamyurtimiz u kabi sakkizta uchrashuvni boshqargan Joel Kinyu (Fransiya), Xorxe Larrionda (Urugvay) va Benito Archundia (Meksika)lar rekordini takrorladi.
Ravshan Ermatov 2010-yil JARda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida beshta uchrashuvga hakamlik qilgan. Joriy turnirda esa u uchta matchni boshqarishga ulgurdi, uning yangi rekord o‘rnatish ehtimoli katta.
Izoh (0)