Google kompaniyasi har bir odamda Android smartfoni bo‘lishini istaydi. Buning uchun kompaniya arzon smartfonlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan Android One dasturini amalga oshiradi, deb yozadi The Verge nashri.
Dastur shu yilning kuzidan Hindistonda ish boshlaydi va ishlab chiqariladigan ilk qurilma Micromax smartfoni bo‘ladi.
Micromax’da 4,5 dyuymli displey, ikkita sim karta, doimiy xotira uchun MicroSD va FM radio bo‘ladi. Ushbu qurilmaning bahosi 100 dollardan qimmat bo‘lmaydi.
Izoh (0)