Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Donetsk xalq respublikasi” (DXR) hukumati o‘zlari oylar davomida tutib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining to‘rt nafar kuzatuvchisini ozodlikka chiqardi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Foto: Euronews

Foto: Euronews

Missiya rahbariyati 26-may kuni ular bilan aloqani yo‘qotgan edi. Guruhning qo‘lga olingani haqida o‘shanda Lugansk respublikasi vakillari xabar bergan edi. Kuzatuvchilar josuslikda gumon qilingan.

Ekspertlar fikricha, tinchlik sulhi tugashiga bir kun qolganida ularning ozod qilinishi isyonchilarning Kiyev bilan muzokaraga kirishishga tayyorligini bildirishi mumkin.

DXR bosh vaziri Aleksandr Boroday ularni hech qanday shartlarsiz ozod etganlarini ma’lum qildi.

YeXHTning yana bir guruhi taqdiri noma’lum bo‘lib turibdi. Ular ayirmachilar qo‘lida ekanligi gumon qiloinmoqda. YeXHT to‘rt kishidan iborat guruhni rasman bedarak yo‘qolgan deb e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)