Guliston shahrida “Hamshira – 2014” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tegishli davlat, jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, shifokorlar, hamshiralar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad o‘rta tibbiyot xodimlarining bilim va tajribalarini boyitish, hamshiralik ishida erishilayotgan tajribalarni ommalashtirish, izlanuvchan, ijodkor, tashabbuskor hamshiralarning iste’dodini namoyon etishiga ko‘maklashishdan iborat.
Tanlovning final bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 nafar hamshira ishtirok etdi.
Sirdaryo viloyati teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi hamshirasi Sohiba Raimjonova tanlov g‘olibi bo‘ldi va Nexia avtomashinasi bilan taqdirlandi.
Namangan viloyati Uychi tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi Umida Obidova ikkinchi, Toshkent shahar Hamza tumanidagi 27-oilaviy poliklinika hamshirasi Nilufar Nuriddinova uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)