Urugvay termasi hujumchisi Luis Suaresning shifokori JCh — 2014’ni deb saratonga qarshi o‘z muolajasini tark etgan, deya xabar beradi Yahoo’ning Eurosport blogi.
O‘tgan oy Suaresning tizza operatsiyasidan tuzalishiga yordam bergan Ualter Ferreyraning o‘zi saraton kasali bilan og‘rigan, ammo The Independent’ning xabariga ko‘ra shifokor Braziliyaga kelish maqsadida o‘z muolajasini to‘xtatgan.
Shifokorning harakatlari samara berib, Suares Angliyaga qarshi o‘yinda darvozaga ikkita gol kiritdi.
Urugvay — Angliya (2:1) o‘yinidagi gollarning muallifi bo‘lgan Suares, o‘zining birinchi golidan so‘ng tezda shifokorning oldiga yugurdi.
“Ushbu gollar unga bag‘ishlanadi, — dedi Suares, o‘yin tugaganidan so‘ng. — Men gollarni kiritganim bilan, shifokorim bunga sababchi bo‘ldi”.
Bu haqda Ferreyradan so‘ralganda, u kamtarlik bilan: “Suaresning o‘zi bunga loyiq, u bugun ushbu stadionda bo‘lish uchun mashaqqat bilan mehnat qildi”, — deya ta’kidladi.
Ferrayraga Urugvayning milliy qahramonidek qaralmoqda.
“Nima ham deya olardim. Hayot baland-pastliklardan iboratdir, ammo siz kurashishda davom etishingiz kerak. Men hayotdan juda minnatdorman va kurashishda davom etaman”, — deya qo‘shimcha qildi Suaresning shifokori.
Izoh (0)