“Liverpul” klubi hujumchi Luis Suaresni 100 million funtga sotib yuborishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Uff.uz Daily Mail ma’lumotiga asoslanib.
Shartnomaga ko‘ra, mersisaydliklar 27 yoshli hujumchini “Real” yoki “Barselona”ga sotsalar, bu mablag‘ 70 million funtga qadar tushishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra “Liverpul” rahbariyati har ikki klub o‘rtasida auksion tashkil qilishni va Suaresni 100 million funtga sotishni maqsad qilgan. Xabar qilinishicha, Suaresning o‘zi “Real”ga o‘tishni istamoqda.
Avvalroq, eng qimmat futbolchilar ro‘yxatining birinchi pog‘onasidan Messi (200,2 — 232,6 million yevro) ikkinchi pog‘onasidan Krishtianu Ronaldu (105,7 — 122,9 million yevro), uchinchi o‘rnidan esa Luis Suares (98,5 — 114,5 million yevro) joy egallaganligi haqida ma’lumot berilgan edi.
Izoh (0)