Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu AQSh termasiga qarshi o‘yindagi durangdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endilikda guruhdan chiqishning iloji qolmadi, deb yozadi Uff.uz Sport-express.ru ma’lumotiga tayanib.
“Albatta, biz g‘alaba qozonmoqchi edik. Ammo buni uddalay olmadik. Bilmadim, buning sababi nimada. Musobaqadan oldin ko‘pchilik bizda chempionlik uchun yaxshi imkoniyat borligini ta’kidlagandi. Bu axir fantastika-ku! Bizdan kuchliroq termalar borligini bilamiz. Pley-offga chiqishning nazariy jihatdan imkoniyati bor. Ammo amalda buning iloji yo‘q”, — dedi Ronaldu.
Izoh (0)