Shahruz o‘zbek estradasida yangicha yo‘nalishda va kutilmagan duet taqdim etish niyatida. Bu haqda Popcorn.uz xabar qildi.
“Sog‘indim jonim”, “Uyalib”, “Mani jonim”, “Senga muhtojman” kabi taronalari bilan o‘z muxlislariga ega bo‘lgan Shahruz yangi ijod namunasini tayyorlash ishlari bilan band.
Milliy yo‘nalishda yaratilishi ko‘zda tutilgan duet deyarli tayyor holatga kelgan. Ijodkorlar Malika Egamberdiyevaning gastrol safari yakunlanishini kutmoqda.
Izoh (0)