Qo‘shiqchi Jastin Biberning irqiy haqoratomuz qo‘shiqni kuylagani aks etgan videolavha internetda tarqalib ketdi, deya xabar berdi Vesti.ru.
Ushbu qo‘shiq Biberning One Less Lonely Girl xit taronasining irqiy haqoratomuz talqinidir. Uning matnida qiz o‘rniga afroamerikalik haqida so‘z boradi. “Men uni o‘ldirsam, yolg‘iz qora tanlilar bittaga kamayadi”, — deb kuylaydi Biber.
Tarqalgan video bundan besh yil avval suratga olingan bo‘lib, unda yosh qo‘shiqchi irqiy kamsituvchi latifani ham so‘zlab bergan.
Mirror xabar berishicha, tovlamachilar Biberdan ushbu videolavha evaziga bir million dollar talab qilgan. Qo‘shiqchi uni to‘lashdan bosh tortgach, video internetga joylangan.
Biber esa o‘zining nomaqbul qilig‘i uchun omma oldida uzr so‘rashiga to‘g‘ri keldi.