Futbol bo‘yicha Belgiya terma jamoasining Bryusseldagi muxlisi JCh—2014da Jazoir ustidan erishilgan g‘alabani nishonlayotganda halok bo‘ldi. Bu haqda Volkskrant xabar bermoqda.
“Kun”ning ma’lum qilishicha, erkak xursandchiligidan birja binosi oldidagi sher haykali ustiga chiqmoqchi bo‘lgan, biroq kutilmaganda yiqilib tushib, olgan jarohatlari natijasida chorshanba kuni shifoxonada vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya va Jazoir terma jamoalari o‘rtasida 17-iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:1 hisobida yevropaliklar g‘alabasi bilan yakuniga yetgan edi.
Guruh bosqichi doirasidagi ikkinchi o‘yinda Belgiya Rossiyaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 22-iyun kuni Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladi.
Izoh (0)