Oliy liganing 13-turidan o‘rin olgan poytaxt derbisi — “Paxtakor”—“Bunyodkor” uchrashuvi 5-iyulga qoldirildi. Bu haqda Championat.asia xabar berdi.
Sababi Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 21 va 23-iyun kunlari Xitoy U-22 yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi. Ushbu yig‘inga “Paxtakor”dan 9 nafar futbolchi chaqirilgan. PFL reglamentiga ko‘ra, olimpiya terma jamoasiga besh va undan ortiq futbolchi chaqirilganida klub tashkilotdan o‘yinni qoldirishni so‘rab murojaat qilishi mumkin.
Shunday qilib, 22-iyunda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan “Paxtakor”—“Bunyodkor” o‘yini 5-iyul kuni o‘tkaziladi.
Izoh (0)