Buyuk Britaniyaning Istburn shahrida tennis bo‘yicha Aegon International xalqaro turniri davom etmoqda. Kecha ushbu turnirning yakkalik bahslarida o‘zbekistonlik Denis Istomin qozog‘istonlik Mixail Kukushkinni uch set (7:6, 6:7, 6:3) natijasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgan edi, deb yozadi “Olamsport”.
Kecha, 16-iyun kuni tunda Denis juftliklar musobaqasida ham kortga chiqdi. Ammo Istomin qozog‘istonlik sherigi Andrey Golubev bilan birga Leandr Payes (Hindiston) va Aysam ul-Haq Kureyshi (Pokiston) duetiga ikki setda ham bir xil — 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin mazkur xalqaro turnirda ikki bor (2009 va 2012) chorak finalga va 2010-yili bo‘lib o‘tgan musobaqada yarim finalga qadar yetib borgan.
Izoh (0)