Farg‘ona shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimiga kiruvchi nufuzli turnir yakunlandi. Unda dunyoning 30 davlatidan 100 nafarga yaqin raketka ustasi g‘oliblik uchun kuch sinashdi, deya xabar beradi O‘zA.
Turnirning yakkalik bahslarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Nigina Abduraimova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib finalga chiqdi.
Nigina hal qiluvchi bahsda yaponiyalik Nao Xibinoni 6:3, 6:4 hisobida yengib, turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Juftlik bahslarida yaponiyalik tennischilar Xiroko Kuvata va Mari Tanaka g‘olib bo‘ldi.
Izoh (0)