Futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan Shveysariya hamda Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda Yevropa qit’asi vakili 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda UFF.uz xabar berdi.
Birinchi bo‘limning 22-daqiqida Edsen Valensiya Ekvadorni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasiga kelib, zahiradan maydonga tushgan Mexmedi muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Seferovich yevropaliklarga g‘alabani keltirdi. Demak, Shveysariya muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi hamda o‘z guruhida peshqadam bo‘lib oldi.