“O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi germaniyalik xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda 2020-yilgacha oltita shamol elektr stansiyalarini ishga tushirmoqchi. Bu haqda Anhor.uz xabar berdi. Ularning umumiy quvvati 100 mVt bo‘lib, ular soatiga 170 gVt gacha elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin. Investitsiyalarning umumiy hajmi 250 million dollar deb baholanmoqda.
Shamol elektr stansiyalarini Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hamda Qoroqapog‘istonga o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda O‘zbekistonda shamol vositasida energiya oladigan yagona loyiha Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv ombori yaqinida joylashgan bo‘lib, u 750 kVt energiya ishlab chiqaradi.