Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ganalik afsungar Nana Kvaku Bonsam Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohatiga o‘zining sababchi ekanini ma’lum qildi, deb yozadi The Guardian.

Foto: goal.com

Foto: goal.com

“To‘rt oy avval Krishtianuning mundialga borishiga yo‘l qo‘ymasligimni aytgan edim, — dedi u. — Bugun uning tizzasi og‘riyapti, ertaga soni, keyin boshqa a’zolari ham og‘rib qoladi. Hech qaysi shifokor Ronalduni davolay olmaydi”.

Bonsam hattoki, “o‘zgacha ruh” yaratishda foydalanish uchun to‘rtta it topib kelganini aytib, bunga jiddiy kirishganini ta’kidlagan.

Nashrning qayd etishicha, Bonsam Gananing eng nufuzli afsungari hisoblanadi. “Ronalduga barglar qaynatmasi va xudo tomonidan yuborilgan maxsus kukun yordamida kinna soldim”, — dedi u.

May oxirida Ronalduning tizza osti paylari shamollab qoldi. 15-iyungacha jarohatini davolamasa, u boshqa o‘yinchi bilan almashtiriladi. Ta’kidlash joiz, Braziliyadagi jahon chempionati guruh raundida Portugaliya AQSh, Germaniya va Gana termalari bilan o‘ynaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Iqtisodiyot
Banklar, IT va sanoat: O‘zbekistonning eng yuqori oylik to‘langan sohalari e’lon qilindi
Mahalliy
Bo‘stonliqdagi xonadonlarning birida gaz chaqnadi