Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sergey Lushan “Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub sayti xabar berdi.

Sergey Lushan. Foto: fcbunyodkor.com

Sergey Lushan. Foto: fcbunyodkor.com

3-iyun kuni “Bunyodkor” futbol klubida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jamoa a’zolariga yangi bosh murabbiy Sergey Lushan rasman tanishtirildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Sergey Ivanovich “Bunyodkor” futbol klubi uchun begona emas. U 2007—2008-yillar davomida “qaldirg‘ochlar” safida harakat qilgan. 2009-yildan boshlab futbol maktabimizda yosh sportchilar bilan ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, u o‘z shogirdlari bilan birga “Bunyodkor-2” nomi ostida birinchi liga bahslarida qatnashgan. “Bunyodkor” yoshlar jamoasi bilan ham ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov e’tiborni milliy terma jamoaga qaratgach, “Bunyodkor”ni vaqtincha Aleksandr Volkov boshqardi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi