Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chilida muzliklar orasida dinozavr murdalaridan iborat yirik mozor topildi. Bu haqda Tabiat tarixi milliy muzeyi olimi Kristian Salasar ma’lum qildi, deya xabar berdi “ITAR-TASS”.

Arxiv. Foto: itar-tass.com

Arxiv. Foto: itar-tass.com

Topilma mamlakat janubidagi “Torres-del-Payne” milliy bog‘i hududida aniqlandi. U yerda 46 nusxadagi ixtiozavrlar topilgan bo‘lib, ularning qoldiqlari bizgacha yaxshi saqlangan. “Ulardan biri ikkita embrionga ega, bu esa topilmalarning deyarli noyob ekanidan dalolat beradi”, — dedi Salasar.

Bundan tashqari, ushbu ixtiozavrlar mozori bugungacha ma’lum bo‘lganlari orasida eng kattalaridan biriligi ta’kidlandi.

Shuningdek, olimlar yirtqichlarning tarixgacha bo‘lgan turlariga tegishli qoldiqlarni ham topishdi.

Ixtiozavrlar — dinozavrlar davridagi eng yirik dengiz sudralib yuruvchilari. Ular bundan taxminan 99 million yil avval qirilib ketgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston—Qirg‘iziston hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aytdi
Sport
Vinisius Junior irqchilik bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotganiga qaramasdan “Real”da qolmoqchi 
Dunyo
Fransiya Ukrainaga qanday shart bilan qiruvchilar yetkazib berishi mumkinligini ma’lum qildi