Beeline aloqa operatori 1-iyun — Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan bouling bo‘yicha musobaqada homiy bo‘ldi. Musobaqa 1-iyun kuni poytaxtdagi Galaxy Bowling sport-ko‘ngilochar klubida “Bolalar — bizning kelajagimiz” shiori ostida 21, 22, 23-mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi.
Animatorlar va ertak qahramonlari bolajonlarga ko‘pgina kutilmagan sovg‘alar va qiziqarli o‘yinlarni tayyorladi. Yosh sportchilarni bayram bilan tabriklash uchun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon tashrif buyurdi.
Keyin tarbiyalanuvchilar eng kuchli terma jamoa unvoni uchun guruhlarga bo‘linib bouling o‘ynashdi. Musobaqa yakunida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi va barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik diplom va sovg‘alar bilan mukofotlandi.
Bolalarga unutilmas quvonch onlarini hadya etgan tadbir Galaxy Bowling kegel sporti federatsiyasining Toshkent bo‘limi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Izoh (0)