Poytaxtdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida taekvondo (WTF) bo‘yicha XXI Osiyo chempionati davom etmoqda. Erkaklar o‘rtasidagi vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar bahsida o‘zbekistonlik Nikita Rafalovich qatarlik Ahmad Saadn va filippinlik Samuel Morrisonni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Osiyo chempionatida Janubiy Koreya vakillari Tayexun Kim, Dayexun Li, Jong Xun Von, eronlik Farzan Ashurzoda Fallah, Behnam Asbaghixangah, xotin-qizlar o‘rtasida tailandlik Panipak Vongpattanakit va Janubiy koreyalik Da Xvi Kim, Jyong Yon Yun, A Reyum Li va Xitoy Taypeyi vakilasi Chia Chia Chuang oltin medal bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, taekvondo “Pumse” bo‘yicha III Osiyo chempionatida o‘zbekistonliklardan Rahim Hojimatov faxriylar o‘rtasidagi bahsda oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. O‘smirlar o‘rtasidagi juftlik bahsida Anton Kan va Marina Kim Osiyo chempioni bo‘lgan edi.
Faxriylar o‘rtasidagi bahsda ishtirok etgan yana bir sportchi Boris Kim va kattalar o‘rtasida Bahodir Alovxonov bronza medal bilan taqdirlandi.
Izoh (0)