2-maydan boshlab Buxoro—Urganch yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lovchi poyezdi qatnovi boshlandi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi xabariga tayanib “Kun” ma’lumot berdi.
Reys haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Poyezd Buxorodan har juma kuni soat 20:07 da yo‘lga chiqsa, shanba kuni 8:30 da Urganchga yetib boradi.
Poyezd qayta yo‘lga shanba kuni soat 19:00 da Urganchdan chiqadi va yakshanba kuni soat 7:15 da Buxoroga yetib keladi.
Izoh (0)