Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik Sulaymon Latipov (-49 kg) dastlabki jangini turkmanistonlik Bayramxon Permanovga qarshi o‘tkazib, katta ustunlik bilan g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Endi iqtidorli bokschi Latipov 1/16 finalda argentinalik Nikolas Alfonso bilan kuch sinashadi. Ushbu jang 19-aprel kuni o‘tkaziladi.
15-aprel kuni o‘tkaziladigan bahslarda ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi. Shukurjon Rahimov (-56 kg) gruziyalik Ucha Maysuradze bilan bahs olib borsa, Iqboljon Xoldorov (-60 kg) misrlik Muhammad Sayidalloh bilan kuch sinashadi.
Izoh (0)