• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonun jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi

    O‘zbekistonda davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Bu haqda 5-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qayd etilishicha, qonunni qabul qilishda jamoatchilik fikri muhim. Mutasaddilarga tez fursatda ushbu qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yib, 1-aprelgacha kiritish topshirildi.

    “Noqonuniy boylik orttirish uchun javobgarlik masalasini ham o‘ylab ko‘rish zarurligi taʼkidlandi. Qonunchilikka noqonuniy boylik orttirish haqida modda kiritish taklif qilindi. Yaʼni, davlat xizmatchisi deklaratsiya qilgan daromadiga mos kelmaydigan mol-mulkni qayerdan olganini isbotlashi kerak bo‘ladi. Prezident Milliy kengashni, parlamentning korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitalarini bu borada xalqaro andozalarga mos takliflarni ishlab chiqishga chaqirdi”, deya xabar qildi Prezident matbuot xizmati.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kechikayotgan qonun

    “Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish kamida to‘rt yildan beri paysalga solib kelinadi. Avval xabar qilinganidek, 2021-yil mart oyida ushbu qonun loyihasi Prezident Administratsiyasiga kiritilgan.

    2019-yilning oktyabr oyida 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistonda davlat xizmatchilari ayrim toifalarining mol-mulkini, daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga qaratilgan prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.

    Qarorga ko‘ra, davlat xizmatchilarining mol-mulkini, daromadlarini va xarajatlarini deklaratsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish rejalashtirilgan edi. U 2020—2022-yillar davomida bosqichma-bosqich, yaʼni 2020-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri va Senati raisi hamda ularning o‘rinbosarlari, bosh vazir o‘rinbosarlari, bosh vazir o‘rinbosarlari maslahatchilari, 2021-yildan esa vazirlik va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari daromad va mol-mulkini deklaratsiyalash bayon etilgan. Lekin ushbu qaror loyihasida prezident va bosh vazirning daromadlar deklaratsiyasini to‘ldirishi nazarda tutilmagandi. Mazkur qaror loyihasining keyingi taqdiri haqida maʼlumot taqdim etilmagan.

    Oradan roppa-rosa bir yil o‘tgandan so‘ng, yaʼni 2020-yilning oktyabr oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi 2021-yil yanvardan boshlanishini eʼlon qilgan edi. O‘shanda Akmal Burhonov ushbu amaliyot 5 yil ichida tatbiq etilishi, bu bo‘yicha qonun loyihasi tez orada jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishini aytgandi.

    Qonunda kimlar deklaratsiyalanishi kerak, qaysi mansabdorlar, ularning nimalarini deklaratsiya qilish kerak, qanday nazorat qilinadi, deklaratsiya noto‘g‘ri to‘ldirilsa, qanday javobgarlik choralari belgilash kerak, qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi va hokazolarning barchasi aks ettirilishi taʼkidlangandi. Nafaqat qonun loyihasi, balki tizim, monitoring tizimi, deklaratsiyalarni to‘ldirish tizimining onlayn platformasi ustida ish olib borilayotgani zikr etilgandi. Ammo aytilga sana kelsa-da, qonun loyihasi ham, deklaratsiyalarni to‘ldirish tizimi ham ishga tushmadi.

    Belgilangan sanadan 7 kun o‘tib Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva daromadlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilganini maʼlum qildi. Lekin To‘xtasheva agentlik tomonilan avval berilgan vaʼdalar nima uchun o‘z vaqtida bajarilmay qolganiga oydinlik kiritib o‘tmagan.

    O‘shanda mazkur qonun loyihasi tegishli organlarga kelishish uchun kiritilgani, kelishish jarayonida tegishli xulosalar kutilayotgani aytilgan.

    Eʼtiborli jihati shundaki, mazkur qonun loyihasida avvalgilaridan farqli ravishda O‘zbekistonda prezident ham, bosh vazir ham yil davomida ishlab topgan puli haqida hisobot topshirish majburiyati yuklatilishi mumkinligi bayon etilgan. Shuningdek, mansab vakolatiga tegishli bo‘lgan, hujjat qabul qilish vakolati bo‘lgan barcha mansabdor shaxslar — quyidan tortib, yuqorigacha bo‘lgan mansabdor shaxslar doirasi qamrab olingan. Bular:

    • Prezident Adminstratsiyasi;
    • Vazirlar Mahkamasi;
    • respublika tashkilotlari;
    • hokimliklar;
    • huquqni muhofaza qiluvchi organlar;
    • sud idoralari xodimlari daromadlar deklaratsiyasini to‘ldirishi taklif etilgan.

    5 mart, 13:12   Izoh (0)   2624
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident suv, gaz, elektrga ulanish, subsidiya, pensiya kabi masalalarda onlayn javob oladigan tizim bo‘lishi kerakligini aytdi

    5 mart, 12:13

    “Bosh prokuratura ham, IIV ham uyg‘onishi, yangicha ishlab, bir-birini tiyib turishi kerak” — prezident

    5 mart, 12:48

    “Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, ichki ishlar va soliq shug‘ullanmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

    5 mart, 12:42

    “Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarini sanaydigan quruq statist bo‘lib qolgan” — prezident Antikorrupsiya agentligi faoliyatini tanqid qildi

    5 mart, 12:03

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

    5 mart, 11:59

    O‘zbekistondagi 117 ta vazirlik va idoradagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari ishdan olinadi

    5 mart, 11:49
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan ikki bolani tok urdi

    O‘zbekiston | 16 may, 00:05

    Orol dengizi tubida yuqori darajadagi sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 15 may, 23:50

    “Qatar AQSHdan 42 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ va texnika xarid qiladi” — Tramp

    Dunyo | 15 may, 23:40

    Olimlar uzoq uyquning kutilmagan zararini aniqladi

    Dunyo | 15 may, 23:20

    Munosib qarshilik, o‘yinda burilish va “pley-off” bosqichiga yo‘l: “Navbahor” va “FarDU” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 15 may, 23:15

    Farg‘onada 213 mln so‘mlik byudjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 15 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 15-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 15 may, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.