• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “AES qurish xarajati ikki mlrd dollardan oshmaydi” — “O‘zatom” direktori

    Mamlakatda qurilayotgan AES qiymati ikki milliard dollardan kam bo‘ladi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmadxo‘jayev Alter Ego’ga bergan intervyusida maʼlum qildi.

    Azim Ahmadxo‘jayev
    Skrinshot: YouTube / Alter Ego


    Azim Ahmadxo‘jayevning aytishicha, stansiyaning yakuniy qiymati hozircha nomaʼlum.

    “Narx-navo haqida nega maʼlumot berilmaydi? Sababi oddiy — loyiha uchun aniq qancha mablag‘ sarflanishi nomaʼlum. Belgilangan muayyan summa borgan sari kamaytirib borilyapti. Loyiha narxini hozirgacha 300 million dollargacha arzonlashishga erishilgan.

    Stansiyaning narxi ikki milliard dollardan kam bo‘ladi. Bu biz ko‘zlagan maqsad. Men aniq raqam haqida gapirishni istamayman, chunki biz doimiy ravishda uni optimallashtirish ustida ishlayapmiz, har bir detal narxlari bo‘yicha muzokaralar davom etyapti”, dedi u.

    Qaysi mablag‘lar evaziga quriladi?

    “Avvalo, tizim qanday tashkil etilganini tushuntirib o‘tay: bu loyiha xalqaro miqyosda bo‘lgani sababli, aytaylik, baʼzi uskunalarni Xitoydan xarid qilamiz. Biz Xitoydan imtiyozli shartlarda mablag‘ jalb qilamiz. Shuningdek, ushbu loyihaga qiziqish bildirib, mablag‘ kiritishga tayyor, ammo stansiya egalari qatoriga kirmaydigan investitsiya kompaniyalari ham bor. Ha, ular foyda oluvchilar hisoblanadi”.

    Yaʼni davlat byudjeti hisobiga emas?

    “Aslida davlat byudjeti ham hisobga olingan, ammo juda oz miqdorda, asosan bu chet eldan jalb qilingan mablag‘lardir. Bu barcha sohalarga sarmoya kiritadigan investitsiya kompaniyalaridir. Shunchaki, turli manbalardan mablag‘ to‘playmiz, yaʼni qandaydir pullar, kreditlar izlab topamiz”.

    Rossiya mablag‘lari-chi?

    “Biz Rossiya mablag‘larini ko‘rib chiqmaymiz. Chunki barcha geosiyosiy jarayonlarni hisobga olamiz. Shu sababli biz ushbu loyihani samarali amalga oshirish va unga vaqtimiz hamda mablag‘imizni sarflash imkonini beradigan moliyaviy guruh shakllantiryapmiz.

    Bu yerda juda murakkab moliyaviy sxema. Biz byudjetdan iloji boricha kamroq foydalanishni va tashqi qarz hisobiga minimal yuklamani yaratishni xohlayapmiz. Yaʼni barcha mablag‘larni jalb qilish uchun davlat kafolatlari mexanizmidan foydalanishni minimallashtirmoqchimiz”, dedi “O‘zatom” direktori.

    Eslatib o‘tamiz, “O‘zatom” agentligi huzuridagi “AES qurilishi direksiyasi” DUK va “Rosatom” tuzilmasidagi “Atomstroyeksport” AJ injiniring kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Kelishuvga asosan, Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi asosida 330 MVt quvvatga ega olti reaktorli AES qurilishi kerak.

    Direksiya rahbari Otabek Omonov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda loyihani ishga tushirish qachonga mo‘ljallanganini aytgandi.

    “2025-yil yakunigacha maydonchaga AES joylashuvi bo‘yicha ruxsatnoma olmoqchimiz. 2029-yil oxirida stansiyaning birinchi qismi ishga tushirilishi kutilmoqda”, degan mutaxassis.

    Otabek Omonovning aytishicha, loyiha doirasida 10 ming nafargacha quruvchilar va boshqa sohalar vakillari ishlashi rejalashtirilgan. AES qurilishiga sarmoya kiritish borasida bir nechta xorijiy va mahalliy banklar takliflar bergan.

    Masʼullar AES necha pulga tushishini sir tutmoqda. Ammo loyiha qiymati to‘g‘risida turli taxminlar yo‘q emas. Ayrim mutaxassislar AES qiymatini taxminan 9 milliard dollar atrofida baholanmoqda.

    Otabek Omonovning aytishicha, quriladigan AES narxi xalqaro qiymatdagidan yuqori bo‘lmaydi.

    “Jahonda quriladigan AESning 1 MVt quvvati 5 ming dollarga yaqin. Bizniki ham shu narxdan yuqori bo‘lmaydi. Lekin tijoriy sirligi bois, aniq summani ayta olmayman”, degan u.

    Besh ming dollarni AESning 330 MVt quvvatiga ko‘paytirsak, umumiy summa 1 milliard 650 million dollarga yetishi oydinlashadi. Ammo hech bir davlatda qurilgan AES narxi dastlabki aytilgan qiymati barobarida bo‘lmagan. Loyihani ishga tushirish muddati uzoqligi bois, inflyatsiya va boshqa omillar taʼsirida qiymat sezilarli darajada oshadi. Iqtisodchi Abdulla Abduqodirov fikriga ko‘ra, boshlanishida ikki milliard dollarlik loyiha yakunda 11 milliard dollardan ortiqqa tushadi.

    Falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Karimovning aytishicha, hozirda AESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 KVt soati narxi 4 sentdan kam emas.

    “Bizga bunaqa qimmat narxdagi elekr kerakmas. Quyosh stansiyalari tokni 1,3 sentdan taklif qilyapti-ku. Investorlar cho‘lni ko‘rsatsangiz, quyosh panellarini qurib beradi. Ham xavfsiz, ham arzon. Bu birovning qosh-qovog‘iga qarab qolmasligimiz uchun juda katta ahamiyatga ega. Shoshmay, har tomonlama o‘ylab ish qilish kerak. Hozir AES qurmaslik lozim”, dedi mutaxassis.

    Tahlillarga ko‘ra, AES qurilishi jarayoni turli sabablarga ko‘ra 2040-yilgacha cho‘zilsa, loyihadan umuman foyda bo‘lmaydi. Kun sayin arzonlashib borayotgan quyosh va shamol stansiyalari kelajakda AESga bo‘lgan talabni yo‘qqa chiqarishi mumkin.

    24 mart, 16:02   Izoh (0)   4006
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AES

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “AES — dunyodagi eng xavfsiz texnologiyalardan biri” — Jo‘rabek Mirzamahmudov

    06.10.2024, 15:23

    “Atom energiyasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi mamlakatimiz taraqqiyotiga kuchli turtki beradi” — Shavkat Mirziyoyev

    05.12.2024, 16:03

    “Aholi hukumatni muntazam savolga tutishi kerak” — Samarqandda atom energiyasidan tinch yo‘lda foydalanish bo‘yicha anjuman o‘tkazildi

    09.12.2024, 21:44

    Kechikkan, narxi shishirilgan va nosoz Rosatom AESlari haqida. Rossiya atom energetikasi bo‘yicha ishonchli hamkor bo‘la oladimi?

    15 yanvar, 17:20
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.